Yangilik haqida batafsil

Farg‘onada “Lider-trener” loyihasi doirasida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali "Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati" kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan tashkillashtirilgan “Lider-trener” loyihasi doirasidagi navbatdagi mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.Mahorat darsi Farg‘ona filiali “Gandbol” guruhi tinglovchilari ishtirokida Farg‘ona shahridagi “Kimyogar” sport majmuasida o‘tkazildi. Mahorat darsini loyiha asoschisi, P.f.b.f.d. (PhD), v.b. professor D. Norqulov olib bordi. Tadbir davomida ishtirokchilarga nazariy hamda amaliy tushunchalar va ko‘rsatmalar berildi.