Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona shahrida umumta’lim maktablari direktorlari bilan uchrashuv tashkillandi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Farg‘ona shahar 1-son sport maktabida ommaviy va professional sportni rivojlantirish borasida jahon miqyosida muvaffaqiyatlarga erishish yo‘lida faol hamkorlik qilayotgan umumta’lim maktablarining direktorlari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda Farg‘ona shahar hokimligi Bosh mutaxassisi D.Abdullayev va Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining Farg‘ona filiali “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi p.f.b.f.d (PhD), dotsent D.R. Norkulov ishtirok etib, sport sohasidagi yangi yo‘nalishlar va imkoniyatlar haqida o‘z fikrlarini bildirdilar.


