Yangilik haqida batafsil

Farg’ona shahar 1-son sport maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
✅Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg’ona filiali direktori A.Tishabayev Farg’ona shahar 1-son sport maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tanishuv doirasida:
✅faoliyatga oid hujjatlar va ularning yuritilishi;
✅sport sog‘lomlashtirish guruhlari faoliyati;
✅sport mashg‘ulotlari jarayonining sifatini oshirish;
✅yoshlarni sportga jalb qilish orqali bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, A.Tishabayev sport maktabidagi trenerlar va mutaxassislarning sohaga oid fikr-mulohazalari va takliflarini atroflicha o’rganib chiqdi.