Yangilik haqida batafsil

Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida Farg'ona filiali “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi o'qituvchisi N.S.Matxoshimovning dissertatsiya ishi seminari boʻlib oʻtdi.

Joriy yilning 29-noyabr kuni Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi o'qituvchisi, Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti mustaqil izlanuvchisi N.S.Matxoshimovning  14.00.43 – Profilaktik tibbiyot ixtisosligi bo‘yicha “Mehnatga layoqatli yoshdagi aholi nogironligi profilaktikasi” mavzusidagi tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishi seminari boʻlib oʻtdi.