Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona futbol akademiyasi rahbariyati Farg’ona filialiga tashrif buyurdi
Joriy yilning 27-may kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialiga Farg‘ona futbol akademiyasi direktori Rayimjonov Sh.M tashrif buyurdi.
Tomonlar o’rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasi ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona futbol akademiyasi rahbariyati bilan amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar yuzasidan o’zaro fikr almashildi shunigdek, akademiya rahbariyati filialda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.


