Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialining hududiy OTMlar bilan hamkorlik aloqalari

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, Farg‘ona davlat universiteti “Psixologiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda mas’ul hodimlar va mutaxassislar bilan hamkorlikda seminar o‘tkazildi.
Seminarda:
-kafedralar o‘rtasida ilmiy-pedagogik hamkorlikni rivojlantirish masalalari, 
-qo‘shma ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, 
-ochiq darslar, seminar va treninglar o‘tkazish bo‘yicha reja ishlab chiqish,
- tinglovchilar uchun amaliy mashg‘ulotlar hamda tajriba almashinuvi masalalari muhokama qilindi.