Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filialida Zulfiyaxonim tavalludining 110 yilligi munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.
O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialida taniqli va iqtidorli oʻzbek shoirasi, yorqin rassom, oddiy inson qalbini oʻtkir his qilgan – mehnatkash, Sharq ayolining jamiyatdagi teng huquqi uchun mardonavor kurashgan ayol Zulfiyaxonim tavalludining 110 yilligi munosabati bilan tadbir oʻtkazildi.
Tadbirda filial axborot resurs markazi boʻlimi boshligʻi G.Matkarimova tomonidan oʻzbek xalqining atoqli va ardoqli vakili, taniqli jamoat arbobi, xalqaro tinchlik uchun kurash jarchisi Zulfiya Isroilova xalqaro “Nilufar”, Javoharlal Neru nomidagi hamda Davlat mukofotlari sohibasi hayot yoʻli haqida maʼlumotlar berildi va sheʼrlaridan parchalar aytildi.


