Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida zamonaviy video-darslarni yaratish ishlari amalga oshirilmoqda

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida zamonaviy video-darslarni yaratish va bu orqali malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun dars mashg‘ulotlarini o‘zlashtirishda yanada qulayliklar yaratish maqsadida, zamonaviy multimediya texnologiyalari, jumladan Canon EOS 2000D foto-videoga olish uskunasi hamda uning qo‘shimcha jihozlari harid qilindi. Hozirda filial professor-o‘qituvchilari tomonidan video darslarni yaratish ishlari maxsus videoga olish uchun jihozlangan xonalarda amalga oshirilmoqda.