Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida navbatdagi daraxt ekish aksiyasi uyushqoqlik bilan tashkil etildi

Respublikamizda koʻkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish va yashil maydonlarni kengaytirish borasida Davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi yildan yilga muhim ahamiyat kasb etmoqda. Daraxt ekib - bogʻ yaratish ezgulik hamda ulugʻvorlik ramzidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-46-son farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida O'zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida navbatdagi daraxt ekish aksiyasi uyushqoqlik bilan tashkil etildi. Unda 50 ga yaqin manzarali daraxt va gul ko'chatlari ekildi.