Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filialida Yangi yil shukuhi
Yangi yil bayrami barchaga birdek zavq ulashuvchi ayyomdir. Shu kunlarda ona O‘zbekistonimizda bayram shukuhi. Farg‘ona shahrida joylashgan Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali ham shu kunlarda bayram libosiga burkangan. Filial kirish qismida qad rostlagan ko‘rkam archa katta-yu kichikni o‘ziga chorlamoqda. Bayramona bezatilgan archa bahri dilingni ochadi. Bayramni mana shunday munosib tayyorgarlik va shodu-xurramlik bilan qarshilash xalqimizga azaliy odat.
An’anaga ko‘ra Farg‘ona filialida ham Yangi yil bayramiga tayyorgarlik ishlari allaqachon boshlanib ketgan. Filial hovlisidagi archa va bayram bezaklari har bir insonga bir olam zavq-shavq, ko‘tarinki kayfiyat ulashmoqda.


