Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari.

O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari olib borilib, o'quv xonalari shay holatga keltirildi. Jumladan, filialdagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) xonalarini ta’mirlash va zamonaviy stendlar bilan jihozlash ishlari olib borilib, xonalar zamon talablariga mos ravishda jihozlanib, professor-o‘qituvchilar va tinglovchilarga qulay muhit yaratishga alohida e’tibor qaratildi.
Bu esa axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, interaktiv ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish va raqamli savodxonlikni oshirishga xizmat qiladi.