Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida xorijiy mutaxassislar ishtirokida mahorat darsi tashkillandi.

Joriy yilning 12-iyun kuni institutning Farg‘ona filialida belbog‘li kurash sport turini rivojlantirish, xorijiy tajribalarni o‘rganish maqsadida mahorat darsi tashkil etildi.
Mahorat darsida Tojikiston Respublikasi belbog‘li kurash federatsiyasi raisi Zaripov Shavkat Qahramonovich hamda Eron Islom Respublikasi Belbog‘li kurash federatsiyasi raisi, PhD Muhammad Farshad Shodkam ishtirok etdi.

Mahorat darsi “Belbog‘li kurashda texnik-taktik harakatlarni o‘rgatishning xalqaro tajribasi” mavzusida tashkil etilib, unda belbog‘li kurashning asosiy texnik usullari, sportchilarni tayyorlash metodikasi, musobaqa jarayonida qo‘llaniladigan taktik yondashuvlar hamda hakamlik mezonlari yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.