Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filialida xorijiy mutaxassis ishtirokida onlayn davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida 2025-yil ish rejasiga muvofiq xorijiy mutaxassislar ishtirokida mahorat darslari, seminar va davra suhbatlari tashkil etilishi belgilangan.
Shu reja asosida joriy yilning 26-may kuni Italiyalik taniqli futbol analitik Oleg Sagaydak ishtirokida futbol guruhi tinglovchilari uchun “Bolalar futbolini rivojlantirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatida:
•Bolalar futbolidagi zamonaviy yondashuvlar;
•Rivojlangan davlatlar tajribasidan namunalar;
•Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt yordamida o‘yinchilarni tahlil qilish;
•Trenerlar uchun onlayn platformalardan samarali foydalanish yo‘llari muhokama qilindi.
Tinglovchilar xorijiy mutaxassisning tajribasi va yondashuvlaridan katta taassurot oldilar. Tadbir yakunida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va foydali tavsiyalar oldilar.
Bunday uchrashuvlar tinglovchilarning nazariy va amaliy bilimlarini oshirishga xizmat qilishi, sport ta’limi sifati va trenerlar malakasini yuksaltirishda muhim o‘rin tutishi shubhasiz.


