Yangilik haqida batafsil
Farg’ona filialida xorijiy mutaxassis ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi
Joriy yilning 23-may kuni Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg’ona filialida Sankt-Peterburg Jismoniy tarbiya ilmiy-tadqiqot instituti, Tibbiy-biologik tadqiqotlar va jismoniy tarbiya, sport va salomatlik texnologiyalarini rivojlantirish bo‘limi katta ilmiy xodimi, psixologiya fanlari nomzodi Lebedeva Anna Leonidovna ishtirokida "Sport psixologiyasining o’rni" mavzusida mahorat darsi tashkillandi.Ushbu mahorat darsida filial rahbariyati, professor-o’qituvchilari va xodimlari hamda tinglovchilar ishtirok etishdi. Tinglovchilar o’zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi.


