Yangilik haqida batafsil

Farg'ona filialida xorijiy mutaxassis ishtirokida davra suhbati o'tkazildi

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti  Farg‘ona filialining 2025-yil ish-rejasiga muvofiq xorijiy mutaxassislar bilan mahorat darslari, davra suhbatlari, seminarlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu rejaga muvofiq joriy yilning 22-yanvar kuni Italiyalik mashxur futbol analitik Oleg Sagaydak tomonidan futbol guruhi tinglovchilariga Wyscout kompaniyasi tomonidan futbolchilarni zamonaviy tahlil  tizimi HUDI platformasidan qanday foydalanish va uning  imkoniyatlari mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.