Yangilik haqida batafsil
Farg'ona filialida xorijiy mutaxassis ishtirokida davra suhbati o'tkazildi
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialining 2024-yil ish-rejasiga muvofiq xorijiy mutaxassislar bilan mahorat darslari, davra suhbatlari, seminarlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu rejaga muvofiq joriy yilning 24-aprel kuni Italiyalik mashxur futbol analitik Oleg Sagaydak tomonidan futbol guruhi tinglovchilariga Wyscout kompaniyasi tomonidan futbolchilarni zamonaviy tahlil tizimi HUDI platformasidan qanday foydalanish va uning imkoniyatlari mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Ushbu davra suhbatida:
Turli yoshdagi terma jamoalar va klub akademiyalari o‘yinlarini tahlilari;
Har bir futbolchining individual imkoniyati va futbolchilik faoliyatidagi barcha jismoniy texnik-taktik ko‘rsatkichlarini umumiy tahlili;
Raqib jamoasini texnik–taktik standart vaziyatlardan foydalanish umumiy tahlili haqida ma’lumotlar berildi.

