Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida xodimlarning Antropometrik (jismoniy rivojlanganlik) ko‘rsatkichlari olindi.
Joriy yilning 10-yanvar kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti  Farg‘ona filialida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida filial professor-o‘qituvchilari va ishchi xodimlarining Antropometrik (jismoniy rivojlanganlik) ko‘rsatkichlari olindi.