Yangilik haqida batafsil
Farg'ona filialida xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiyi O.Pulatova hamda “Sport” yo’nalishi bo’yicha Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori Z.Mamajonova ishtirokida uchrashuv o’tkazildi
Joriy yilning 23-aprel kuni Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni ilmiy metodik ta'minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi Farg'ona filialida O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiyi Pulatova Ozodaxon Xoshimovna hamda “Sport” yo’nalishi bo’yicha Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori Mamajonova Zulfiya Mirkomiljon qizi ishtirokida uchrashuv o’tkazildi. Uchrashuvda Filial professor-o’qituvchilari hamda tinglovchilar ishtirok etishdi. Uchrashuvda so’zga chiqqanlar o’z hayot yo’llari, faoliyatlari davomida erishgan yutuqlari va tajribalari bilan o’rtoqlashishdi. Davra suhbati sermazmun va sermahsul bo‘lib o‘tdi hamda tinglovchilarda katta taassurot qoldirdi.


