Yangilik haqida batafsil
Farg’ona filialida Xalqaro turnirlarida g‘olib bo‘lgan va Jaxon chempionatiga yo‘llanma olgan sportchilar bilan davra suhbati o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi “ Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi PF -6099-sonli farmoni ichrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 17 aprel kuni Sportning kurash turi bo‘yicha O‘zbekiston , Xalqaro turnirlarida g‘olib bo‘lgan va Jaxon chempionatiga yo‘llanma olgan sportchilar bilan davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatiga Jaxon chempionatiga yo‘l olgan quyidagi sportchilarimiz va murabbiylarimiz taklif etildi. Kamoldinova Pokiza, Abdullaeva Xusnora, G‘ulomov Mo‘ydin, murabbiylardan Xudoyberdiev Alisher, Raxmonov Jasurbek, Boxodirov Elbek, Toshtemirov Murodillar ishtirok etdilar.
Tadbir boshida O’zbekiston Davlat madhiyasi yangradi. Shundan so’ng filialning “Ijtimioy fanlar ” kafedrasi mudiri Sh. Xolnazarova uchrashuvni ochib berdi.
Tinglovchilar tomonidan bergan savollariga sportchi va murabbiylar tomonidan to’liq va batafsil javob berib o’tildi.