Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida xalqaro hamkorlik doirasida onlayn muloqot o‘tkazildi

Joriy yilning 15-aprel kuni Farg‘ona filialida xalqaro tajriba almashish va filial yillik ish rejasi ijrosini ta’minlash maqsadida onlayn davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Qozog‘istonlik malakali mutaxassis, pedagog-psixolog Salixanov Daniyar Kamilovich ma’ruzachi sifatida ishtirok etdi.
“Sportchini musobaqaga psixologik tayyorlash” mavzusiga bag‘ishlangan ushbu muloqotda quyidagi muhim jihatlarga alohida to‘xtalib o‘tildi:
•Sportchilarning musobaqa oldi hayajonini jilovlash va diqqatni jamlash usullari;
•G‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqni shakllantirishda psixologik metodikaning o‘rni;
Ushbu uchrashuv nafaqat nazariy bilim berish, balki ikki qardosh davlat mutaxassislari o‘rtasidagi ilmiy-pedagogik aloqalarni mustahkamlashga ham xizmat qiladi.