Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filialida xalqaro hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanmoqda!
Joriy yilning 23-may kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialiga Sankt-Peterburg Jismoniy tarbiya ilmiy-tadqiqot instituti, Tibbiy-biologik tadqiqotlar va jismoniy tarbiya, sport va salomatlik texnologiyalarini rivojlantirish bo‘limi katta ilmiy xodimi, psixologiya fanlari nomzodi Lebedeva Anna Leonidovna tashrif buyurdi. Anna Leonidovna filialda xodimlar va tinglovchilar uchun yaratilgan sharoitlar, o‘quv auditoriyalari, maxsus jihozlangan ma’naviy-ma’rifiy, sport hamda boshqa turdagi jihozlangan xonalar, filialning axborot resurs markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.


