Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida xalqaro hamkorlik aloqalari davom etmoqda

Nufuzli xorijiy sport-ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlarini jalb etish, ular ishtirokida anjumanlar, amaliy mahorat saboqlari va namunali o‘quv darslarini o‘tkazish hamda o‘quv, sport va ilmiy-tadqiqot ishlari yuzasidan hamkorlik ishlarini amalga oshirish maqsadida joriy yilning 23-may kuni Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg’ona filialida Sankt-Peterburg Jismoniy tarbiya ilmiy-tadqiqot instituti, Tibbiy-biologik tadqiqotlar va jismoniy tarbiya, sport va salomatlik texnologiyalarini rivojlantirish bo‘limi katta ilmiy xodimi, psixologiya fanlari nomzodi Lebedeva Anna Leonidovna bilan tajriba almashish va sohadagi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.                                    Shuningdek, ilmiy tadqiqot, malaka oshirish va qayta tayyorlash bo'yicha Rossiya va O'zbekiston tajribasi borasida suhbat olib borildi.