Yangilik haqida batafsil
Farg'ona filialida video-darslarni yaratishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanilmoqda.
✅Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida zamonaviy video-darslarni yaratish va bu orqali malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun dars mashg‘ulotlarini o‘zlashtirishda yanada qulayliklar yaratish maqsadida, zamonaviy multimediya texnologiyalaridan faol foydalanilmoqda.
✅Filialda video-studiya tashkillanib, unda zamonaviy video-darslarni yaratishda foydalaniladigan maxsus yashil fon va uning jihozlari hamda yoritish uskunalaridan samarali foydalanilib, videoga olish jarayonlari va uning montaj ishlari davom etmoqda.

