Yangilik haqida batafsil
Farg'ona filialida video-darslar yaratish uchun mo'ljallangan maxsus xona tayyor holatga keltirildi.
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida zamonaviy video-darslarni yaratish va bu orqali malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun dars mashg‘ulotlarini o‘zlashtirishda yanada qulayliklar yaratish maqsadida, zamonaviy multimediya texnologiyalaridan faol foydalanilmoqda.
Filialda video-darslar yaratish uchun mo'ljallangan maxsus xona tayyor holatga keltirilib, videoga olish jarayonlari va uning montaj ishlari davom etmoqda.


