Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filialida uslubiy tavsiyanoma yaratilishi yuzasidan davra suhbati tashkillandi
Davra suhbatida filial o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan «BOLALARDA TAQIQLANGAN VA CHEKLANGAN MASHQLAR (HARAKATLAR)» («Maktabgacha ta’lim tashkiloti yo‘riqchilari uchun)» nomli uslubiy tavsiyanomaning yaratilishi bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
Mualliflardan N.Matxoshimov taqdimot davomida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jismoniy mashqlar, jismoniy harakatlar va ularning bola salomatligiga ta’siri, jismoniy jihatdan to‘laqonli rivojlanishi va sog‘ligining mustahkamlanishi uchun zarur bo‘lgan muayyan harakatlar tizimi, shuningdek, barcha mashqlar bolaning tanasiga foydali ta’sir ko‘rsatmasligi, jumladan, maktabgacha yoshdagi bolalar salomatligi uchun xavfli bo‘lgan bir qator mashqlar mavjudligi, ushbu mashqlardan foydalanish cheklangan bo‘lishi yoki tavsiya etilgan boshqa harakat turlari bilan almashtirilishi kabi bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish maqsadida tayyorlanganligi haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.


