Yangilik haqida batafsil

Farg’ona filialida uslubiy qo‘llanma taqdimoti o‘tkazildi
Joriy yilning  7-iyun kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg’ona filiali dotsenti, O.Nazirovning “Umumiy o’rta ta’lim maktabi yuqori sinf  o’quvchilarining jismoniy rivojlanganligi va jismoniy tayyorgarligi hususiyatlari” nomli uslubiy qo‘llanmasining taqdimoti o‘tkazildi. 
Taqdimotda filial professor-o‘qituvchilari qatnashdilar hamda O.Nazirovning o’quv qo’llanmasi bilan yaqindan tanishib, o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirib o‘tishdi.