Yangilik haqida batafsil

Farg'ona filialida Umumiy o‘rta talim maktablarida jismoniy tarbiya fanini o‘qitish uslublarini takomillashtirish masalasida o‘zaro fikr almashildi.
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida  institutning Nukus filiali direktori Q.Mamutov, Farg'ona filiali direktor o‘rinbosari B.Bekov,  Farg‘ona filiali “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi dotsentlari A.Abdullayev hamda O.Qambarovlar  Umumiy o‘rta talim maktablarida jismoniy tarbiya fanini o‘qitish uslublarini takomillashtirish masalasida o‘zaro fikr almashib, taklif va mulohazalar bildirilmoqda. 
Ushbu masalani tahliliy o‘rganish maqsadida soha mutaxassislari tomonidan anketa so‘rovnomalari tayyorlanmoqda.