Yangilik haqida batafsil
Farg'ona filialida “Tosh ko‘tarish” bo‘yicha qizg‘in bellashuvlar o‘tkazildi
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida filial sport targʻibotchisi M.Ne’matov tomonidan sentabr oyi sport turlari bo'yicha trenerlar malaka oshirish kursi tinglovchilari o‘rtasida “Tosh ko‘tarish” bo‘yicha o‘zaro qizg‘in bellashuvlar o‘tkazildi.


