Yangilik haqida batafsil

Farg'ona filialida “Tosh ko‘tarish” bo‘yicha qizg‘in bellashuvlar o‘tkazildi
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida filial sport targʻibotchisi M.Ne’matov tomonidan fevral oyi tinglovchilari o‘rtasida “Tosh ko‘tarish” bo‘yicha hududlarga (Andijon, Namangan, Farg‘ona terma jamoalariga) bo‘lingan holda o‘zaro qizg‘in bellashuvlar o‘tkazildi. 
Yakuniy natijalarga ko‘ra Namangan viloyati jamoasi 1-o‘rinni, Andijon jamoasi 2-o‘rinni hamda Farg‘ona jamoasi 3-o‘rinni egalladi.