Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filialida tinglovchilarga mustaqil ta’lim olishda ko'maklashilmoqda
✅Joriy yilning 3-fevral kuni Farg‘ona filiali Axborot-resurs markazi boshlig‘i G.Matkarimova tinglovchilarining mustaqil taʼlim olishiga ko‘maklashish maqsadida fevral oyi malaka oshirish kursi tinglovchilarini axborot resurs markazi fondidan joy olgan adabiyotlar, o‘quv majmualari, o‘quv qo‘llanmalar, badiiy adabiyotlar bilan tanishtirdi.
✅Bundan tashqari filialning elektron kutubxonasi hamda rasmiy saytiga joylashtirilgan sohaga oid adabiyotlar va badiiy adabiyotlar haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.
✅Tinglovchilar axborot resurs markazi fondidan samarali foydalanishlari uchun ro‘yxatdan o‘tishmoqda.