Yangilik haqida batafsil
Farg'ona filialida tinglovchilarga kasbiy faoliyati natijalarini baholash mezonlari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida iyun oyi malaka oshirish kursi tinglovchilariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyul kungi 355-sonli qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida kasbiy faoliyat natijalarini baholash mezonlari bo‘yicha filial rahbariyati va soha mutaxassislari tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Tinglovchilar tomonidan o'zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berildi.


