Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filialida tinglovchilar uchun xorijiy mutaxassis ishtirokida onlayn seminar tashkil etildi
Joriy yilning 9-iyun kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida Sankt-Peterburg shahrida joylashgan “Pyotr Fransevich Lesgaft” nomidagi Jismoniy tarbiya va sog‘lomlashtirish milliy davlat universiteti professori p.f.n A.V.Maslennikov ishtirokida “Sportchilarni tayyorlashda sport maktablarining o’rni” mavzusida onlayn seminar tashkil etildi. Ushbu onlayn seminarda Farg‘ona filialining iyun oyi malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirok etdi hamda mavzuga oid savollariga soha mutaxassisi tomonidan javob olindi.
