Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida tinglovchilar uchun psixologik trening tashkillandi

Joriy yilning 28-noyabr kuni Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialida “EMOTSIONAL HISSIY ZO‘RIQISHLARNI BARTARAF ETISH” mavzusida psixologik seminar-trening boʻlib oʻtdi. 
Psixologik treningni “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi katta oʻqituvchisi Sh.Kurbonova olib bordi. 
“Emotsional hissiy zo‘riqishlarni bartaraf etish” mavzusidagi seminar treningda sport turlari boʻyicha trenerlar “Badiiy gimnastika” yoʻnalishi  tinglovchilari  qatnashdilar.