Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida tinglovchilar o‘rtasida navbatdagi “Zakovat” – intelektual o'yini tashkillandi.

 Joriy yilning 26-sentabr kuni Farg‘ona filialida intellektual muhit yana bir bor jo‘sh urdi!
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining:

 2017-yil 13-sentabrdagi PQ-3271-sonli qarori (“Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish”)
2022-yil 20-yanvardagi PQ-96-sonli qarori (“Zakovat” o‘yinini ommalashtirish) ijrosi doirasida tashkil etildi.
 
“Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari” malaka oshirish kursi tinglovchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yinida quyidagi jamoalar g‘olib bo‘lishdi:
1-o‘rin — “Topqirlar” jamoasi
2-o‘rin — “Zukkolar” jamoasi
3-o‘rin — “Bilimdonlar” jamoasi
G‘olib jamoalar filial ma’muriyati tomonidan tashakkurnomalar bilan taqdirlandi!
Bu kabi tadbirlar tinglovchilar intellektual salohiyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.