Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filialida tinglovchilar o‘rtasida navbatdagi “Zakovat” – intelektual o'yini tashkillandi.
Joriy yilning 16-iyun kuni Farg‘ona filialida intellektual muhit yana bir bor jo‘sh urdi!
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining:
2017-yil 13-sentabrdagi PQ-3271-sonli qarori (“Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish”)
2022-yil 20-yanvardagi PQ-96-sonli qarori (“Zakovat” o‘yinini ommalashtirish) ijrosi doirasida tashkil etildi.
“Sport turlari bo‘yicha trenerlar” malaka oshirish kursi tinglovchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yinida quyidagi jamoalar g‘olib bo‘lishdi:
1-o‘rin — “Karate WKF” guruhi
2-o‘rin — “Gimnastika” guruhi
3-o‘rin — “Qo‘l jangi” guruhi
G‘olib jamoalar filial ma’muriyati tomonidan tashakkurnomalar bilan taqdirlandi!
Bu kabi tadbirlar tinglovchilar intellektual salohiyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.



