Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filialida tarixiy yodgorliklarni asrashga bag‘ishlangan onlayn davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
16-aprel kuni Farg‘ona filialida 18-aprel – Xalqaro yodgorliklar va tarixiy joylarni asrash kuniga bag‘ishlangan onlayn davra suhbati o‘tkazildi.
Onlayn davra suhbatini “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar” kafedrasi mudiri dotsent N.Yuldasheva ochib berdi. Shundan so‘ng kafedra dotsenti N.Alimova tinglovchilarga mazkur sana 1982-yilda ICOMOS (International Council on Monuments and Sites) tashkiloti tashabbusi bilan belgilanganini va 1983-yildan boshlab YUNESKO tomonidan rasman nishonlanishini aytib o‘tdi.
Davra suhbati davomida O‘zbekistondagi boy tarixiy meros, 8 mingdan ortiq yodgorliklar va ularning xalqaro e’tirofi, xususan, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi shaharlar yodgorliklarining Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgani ta’kidlandi.
Tadbir yakunida yodgorliklarni asrash – milliy g‘urur, tarixiy xotira va kelajak avlod uchun bebaho boylik ekani alohida urg‘ulandi.

