Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filialida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda
O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida yana bir muhim yo‘nalishda — axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) xonalarini ta’mirlash va yangilash ishlari bosqichma-bosqich olib borilmoqda.
Ayni paytda mavjud AKT xonalarida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Xonalar zamon talablariga mos ravishda jihozlanib, professor-o‘qituvchilar va tinglovchilarga qulay muhit yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bu esa axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, interaktiv ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish va raqamli savodxonlikni oshirishga xizmat qiladi.


