Yangilik haqida batafsil
Farg'ona filialida “Sog‘lom hayot sari 5000 qadam” shiori ostida yurish marafoni o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 19 noyabrdagi “Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 735-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 24-noyabr kuni Institutning Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchilari hamda tinglovchilari ishtirokida Islom Karimov nomidagi Farg'ona viloyati teatr va konsert saroyi maydonida “Sog‘lom hayot sari 5000 qadam” shiori ostida yurish marafoni o‘tkazildi.


