Yangilik haqida batafsil
Farg'ona filialida "Shaxsni o‘z-o‘zini anglash” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 14-iyun kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida “Shaxsni o‘z-o‘zini anglash” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Psixologik treningni sport psixologiyasi fani o‘qituvchisi N.Toshboltayeva olib bordi. Seminar-treningda sport turlari bo‘yicha trenerlar “Yengil atletika” guruhi tinglovchilari qatnashdilar. Unda “O‘z o‘rningni top”, “Diqqatni jamlovchi” mashqlaridan foydalanildi.
Trening juda qiziqarli tarzda o‘tdi va tinglovchilarga yaxshi kayfiyat ulashdi. Tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.


