Yangilik haqida batafsil

Farg’ona filialida shaxmat musobaqasi g‘olib va sovrindorlari taqdirlandi

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg’ona filialida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli farmoni hamda  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4954-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida iyun oyi malaka oshirish kursi tinglovchilari o‘rtasida shaxmat bo’yicha o’tkazilgan musobaqa g’olib va sovrindorlari faxriy yorliq hamda tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.