Yangilik haqida batafsil
Farg'ona filialida shaxmat bo'yicha mahorat darslari tashkillandi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-4954-sonli qaroriga muvofiq, mamlakatimizda shaxmatni aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish va uni ommaviy sport turiga aylantirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodning intellektual va madaniy rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shaxmat sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, tanlab olish va rivojlantirishga ilg‘or ilmiy-metodik hamda innovatsion texnologiyalarni joriy etish, yuqori iqtidorga ega bo‘lgan yoshlarni tanlash, saralab olish va ularni professional shaxmatchilar va xalqaro grossmeystyerlar sifatida tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish kabi vazifalar belgilangan. Shu munosabat bilan Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg'ona filialida shaxmat xonasi tashkillangan. Joriy yilning 9-iyun kuni Filialning sport turlari bo’yicha trener-o’qituvchilar yo’nalishi “Shaxmat” guruhi tinglovchilari ishtirokida mahorat darslari tashkillandi. Mahorat darsini O’zbekiston shaxmat federatsiyasi Andijon viloyati hududiy bo’limi ijrochi direktori, Andijon viloyati shaxmat sport turi bo’yicha bosh murabbiyi, hozirda Filial tinglovchisi Karimov Ibrohim Erkinjonovich olib bordi. Shuningdek, mahorat darsida O’zbekiston shaxmat federatsiyasi Farg’ona viloyati hududiy bo’limi ijrochi direktori Vasbutdinov Ravil Vinerovich, Filial rahbariyati, kafedra mudirlari va professor-o’qituvchilari ham ishtirok etishdi.











