Yangilik haqida batafsil
Farg'ona filialida seminar-trening tashkillandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jismoniy tarbiya va sport sohasiga doir farmon, qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Yoshlar siyosati va sport vazirligining normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi yuzasidan Farg‘ona filialida 2023-yil 7-iyun kuni kafedra o‘qituvchilari va umumta’lim maktablarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari yo‘nalishi tinglovchilariga seminar-trening tashkil etildi.
Treningda “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi katta o‘qituvchisi Yu.Maxmudov hamda boshqa professor-o‘qituvchilar tomonidan malaka oshirish kursi tinglovchilariga “Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish chora tadbirlari bo‘yicha” Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Yoshlar siyosati va sport vazirligining normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi yuzasidan belgilangan vazifalar, tizimda yaratilgan o‘zgarishlar bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Sohani rivojlantirishga oid takliflar yuzasidan fikrlar almashinildi.


