Yangilik haqida batafsil
Farg'ona filialida seminar-trening bo'lib o'tdi.
Joriy yilning 27-aprel kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida “Kommunikativ qobiliyatni rivojlantirish” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Psixologik treningni “Sport psixologiyasi” fani o‘qituvchisi M.Yuldasheva olib bordi. “Kommunikativ qobiliyatni rivojlantirish” mavzusidagi seminar treningda jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari yo‘nalishi 6-guruh tinglovchilari qatnashdilar.
Seminar-treningda “Hayvonlarga hissiy munosabat”, “Shirinlik”, “Zinapoya”, “Temperamentni aniqlash”, “To‘rt usul”, “Ko‘k qush assotsiativ” mashqlaridan foydalanildi.


