Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida seminar tashkillandi.

Institutning Farg‘ona filialida “Jismoniy tarbiya sohasiga oid qonunlar va me’yoriy-huquqiy hujjatlar” mavzusida seminar o‘tkazildi.
Seminar ishtirokchilari:
• Farg‘ona davlat universiteti dotsenti Sh.Oxunjonova;
• Filialning “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar” kafedrasi dotsenti L.Begimqulova;
• “Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari” yo‘nalishi malaka oshirish kursi tinglovchilari;
• Tadbirni filial direktor o‘rinbosari, p.f.b.f.d. (PhD), dotsent O.Qambarov ochib berdi.
 Seminar davomida:
✅ jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatida me’yoriy-huquqiy hujjatlarning o‘rni;
✅ o‘quv jarayonini qonunchilik asosida tashkil etish zarurati;
✅ o‘quvchilar sog‘ligini muhofaza qilish va xavfsizlik qoidalariga rioya etish;
✅ soha rivojiga oid qonunlar, Prezident farmonlari va Hukumat qarorlarining mazmuni muhokama qilindi.