Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida seminar tashkillandi
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirining 2023-yil 29-sentyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning hududlarga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosi toʻgʻrisida”gi 01/1239-A/F-son buyrugʻi ijrosini ta’minlash maqsadida filial Bosh yuriskonsulti A.Vahidov tomonidan filial xodimlari va tinglovchilari ishtirokida korrupsion holatlarning oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Seminarda filial professor-o’qituvchilari, bo‘lim boshliqlari, xodimlari hamda sport turlari bo‘yicha trenerlar malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirok etdi hamda o’zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassis tomonidan atroflicha javob berildi.