Yangilik haqida batafsil

Farg'ona filialida seminar tashkillandi
Joriy yilning 7-iyun kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida “Ommaviy madaniyat” bilan bog‘liq mafkuraviy tahdidlarning oldini olish” mavzusida jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari malaka oshirish yo'nalishi maktab-4 guruhi tinglovchilari bilan seminar o‘tkazildi. 
Seminar davomida filial katta o‘qituvchisi Sh.Kurbonova globallashuv davridagi asosiy muammolardan biri bo‘lgan va yoshlar ahloqiga salbiy ta’sir etuvchi illatlardan biri “Ommaviy madaniyat” haqida ishtirokchilarga  ma’lumotlar berdi.      Tashkil etilgan davra suhbatida mavzuga oid taqdimotdan foydalanildi. Qiziqarli bo‘lib o‘tgan davra suhbati uchun tinglovchilar o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.