Yangilik haqida batafsil
Farg’ona filialida seminar tashkillandi.
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida 30-apreldan kuchga kirgan yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi hamda 1-maydan kuchga kirgan yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz haqida seminar tashkil etildi.
Ushbu seminarda filial yurist-konsulti A.Vahidov so‘zga chiqib seminar qatnashchilariga yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi va undagi o‘zgarishlar, 30-apreldagi referendumda qabul qilingan va 1-maydan kuchga kirgan yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz haqida batafsil tushuncha va ma’lumotlar berildi.


