Yangilik haqida batafsil

Farg'ona filialida seminar tashkil etildi
Farg'ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Hayot faoliyati xavfsizligi o'quv markazi xodimlari tomonidan  Jismoniy tarbiya  va sport bo‘yicha mutaxassislarni  qayta tayyorlash  va malakasini oshirish  instituti Farg‘ona filialida Farg'ona, Andijon va Namangan viloyatlari sport ta'lim muassasalari trenerlari ishtirokida seminar tashkil etildi.
Seminarda Hayot faoliyati xavfsizligi o'quv markazi katta o'qituvchisi O.Atajonova tomonidan aholini zilzila vaqtida to'g'ri harakat qilishga tayyorlash, bu borada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to'g'risida so'z yuritildi.    
Shuningdek, trenerlarga "Yongʻindan ogohlik” umummilliy kampaniyasi doirasida yong'inlarni oldini olish bo'yicha amalga oshiriladigan profilaktik tadbirlar, o'quv mashg'ulotlari, seminarlar, mahorat darslari va tanlovlar tog'risida batafsil tushunchalar berilib, ushbu tadbirda faol ishtirok etishlari yana bir bor tushuntirib o'tildi.