Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filialida seminar tashkil etildi
Joriy yilning 6-sentabr kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida ilmiy salohiyatni yanada oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va mustaqil tadqiqotchilarga ilmiy maslahatlar berish maqsadida seminar tashkil etildi.
Seminarda ishtirokchilarga “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi dotsenti, f.f.b.f.d (PhD) U.Azimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 22-maydagi 304-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq falsafa doktori (Doktor of Philosophiy, PhD) hamda fan doktori (Doktor of Sciences, DSc) dissertatsiyasi va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalarini tanishtirdi.


