Yangilik haqida batafsil

Farg'ona filialida seminar tashkil etildi
Joriy yilning 8-iyun kuni Farg‘ona filialida Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining 2023-yil 31-maydagi U-47-son buyrug‘i ijrosini ta'minlash maqsadida Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida dars jarayonida axborot berildi.
Mavzu yuzasidan ma’lumotlarni filial dotsenti v.b. f.f.b.f.d., (PhD) Azimov Ulug‘bek Abduxalilovich tanishtirdi. Shuningdek, U.Azimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga oid qonunchilik hujjatlari, saylov komissiyalari va ularning vakolatlari, Markaziy saylov komissiyasining qarorlari; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodga qo‘yiladigan talablar haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.